SINOVA CRM maxfiylik siyosati

Tahrir sanasi: 27.10.2026

Ushbu siyosat yakka tartibdagi tadbirkor Solayev Sanjarbek Muxtor o‘g‘li (keyingi o‘rinlarda «SINOVA», «biz») shaxsga doir ma’lumotlarga qanday ishlov berishini tushuntiradi. U crm.sinova.uz saytiga, tashkilotlarning CRM tizimlariga (*.crm.sinova.uz), ota-ona kabineti va Telegram xabarnoma botlariga hamda reklama ariza formalariga taalluqli.

1. Ma’lumot egasi kim

Sayt tashrifchilari va bizga so‘rov qoldirganlar. Siz crm.sinova.uz saytida demo yoki taklif so‘rasangiz, ma’lumotingiz egasi va operatori SINOVA.

O‘quv markazlari, maktablar va korxonalar bazasidagi ma’lumotlar. O‘quvchilar, ota-onalar, ariza qoldirgan odamlar (lidlar) va xodimlar haqidagi ma’lumotlar egasi va operatori shu tashkilotning o‘zi (keyingi o‘rinlarda «markaz»). SINOVA bu ma’lumotlarga faqat markaz topshirig‘i bilan, CRM xizmatini ko‘rsatish uchun ishlov beradi. Bu ma’lumotlar bo‘yicha savol yoki so‘rov bo‘lsa, avvalo markazning o‘ziga murojaat qiling. Biz ham yordam beramiz (9-bo‘lim).

2. Qanday ma’lumotlar

Sayt so‘rovlari: ism, telefon, faoliyat yo‘nalishi, ixtiyoriy tashkilot nomi, so‘rov va rozilik vaqti, reklama manbasi (manba, kanal, kampaniya belgisi).

Markaz bazasida (markaz nimani kiritsa):

Texnik ma’lumotlar: kirish sessiyasi, tanlangan til, ko‘p urinishni cheklash uchun so‘rov manbasi bo‘yicha hisoblagich, amallar jurnali (kim, qachon, nimani o‘zgartirdi).

3. Nima uchun ishlatamiz

Ma’lumotlarni sotmaymiz, o‘z reklamamiz uchun ishlatmaymiz va markazning ruxsatisiz boshqalarga bermaymiz.

4. Kimlarga beriladi

Faqat xizmat ishlashi uchun zarur bo‘lgan tashkilotlarga:

Qonunda belgilangan hollarda vakolatli davlat organlarining so‘roviga ko‘ra ma’lumot berilishi mumkin.

5. Qayerda saqlanadi

Ma’lumotlar Cloudflare ma’lumotlar markazlarida, asosan Sharqiy Yevropada, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida saqlanadi. Markaz CRM’dan foydalanishni boshlashda shunga rozilik beradi.

6. Cookie va brauzer xotirasi

crm.sinova.uz sahifalarida tashqi reklama kuzatuv piksellari yo‘q. Sahifa ko‘rilishi va tugma bosilishi kabi oddiy hodisalar o‘z serverimizda sanaladi, ularga ism, telefon yoki to‘liq manzil qo‘shilmaydi. Brauzer Do Not Track yoki Global Privacy Control signalini yuborsa, bu hodisalar jo‘natilmaydi.

7. Qanday himoya qilinadi

8. Qancha saqlanadi

9. Sizning huquqlaringiz

Siz o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotni bilish, tuzatish, o‘chirish va berilgan rozilikni qaytarib olishni so‘rashingiz mumkin:

10. Bolalar ma’lumotlari

O‘quvchilar voyaga yetmagan bo‘lishi mumkin. Ularning ma’lumotlarini CRM’ga kiritish va ota-onaga xabar yuborish uchun rozilikni markaz ota-onadan oladi.

11. O‘zgartirishlar

Siyosat yangilansa, yangi tahrir shu sahifada sanasi bilan e’lon qilinadi. Jiddiy o‘zgarish bo‘lsa, markazlarga CRM orqali oldindan xabar beriladi.

Operator: YaTT Solayev Sanjarbek Muxtor o‘g‘li, JShShIR 31805977180034, Xorazm viloyati, Urganch shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 77A-uy.