SINOVA CRM xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ommaviy oferta

Tahrir sanasi: 27.10.2026

Ushbu hujjat yakka tartibdagi tadbirkor Solayev Sanjarbek Muxtor o‘g‘lining (keyingi o‘rinlarda «Ijrochi») SINOVA CRM tizimidan foydalanish huquqini berish bo‘yicha ommaviy ofertasidir. 3-bo‘limda ko‘rsatilgan harakatni bajargan tashkilot yoki tadbirkor (keyingi o‘rinlarda «Mijoz») ushbu shartlarni to‘liq qabul qilgan hisoblanadi.

1. Atamalar

2. Shartnoma predmeti

2.1. Ijrochi Mijozga Tizimdan internet orqali Tarif doirasida foydalanish huquqini beradi, Mijoz esa Obuna haqini to‘laydi.

2.2. Tizim xizmat sifatida ko‘rsatiladi: dastur Ijrochining serverlarida ishlaydi, Mijoz unga brauzer yoki ilova orqali kiradi. Dastur nusxasi Mijozga berilmaydi.

3. Ofertani qabul qilish (aktsept)

3.1. Quyidagilardan birinchisi bajarilgan paytdan shartnoma tuzilgan hisoblanadi:

3.2. Mijoz xohlasa, Ijrochi bilan qog‘oz shaklidagi shartnoma ham tuzishi mumkin. Bunda qog‘oz shartnoma ustun turadi.

4. Tarif, narx va to‘lov

4.1. Tariflar (nomi, narxi, o‘quvchi, xodim va filiallar limiti, ochiq bo‘limlar) Ijrochi tomonidan belgilanadi. Mijozga tegishli Tarif va narx unga yuborilgan taklifda yoki hisob-fakturada ko‘rsatiladi. Amaldagi Tarif, limitlar va Obuna muddati Tizimning «Tarif va imkoniyatlar» bo‘limida ko‘rinadi.

4.2. Ijrochi yangi Mijozga sinov muddati berishi mumkin. Sinov muddatini Ijrochi belgilaydi va u Tizimda Obuna muddati sifatida ko‘rinadi. Sinov davri uchun to‘lov olinmaydi.

4.3. To‘lov Click, Payme, Ijrochining kartasiga o‘tkazma yoki Ijrochining hisob raqamiga bank o‘tkazmasi orqali, Obuna davri boshlanishidan oldin amalga oshiriladi.

4.4. Sinov yoki Obuna muddati tugab, to‘lov qilinmasa, Tizim faqat ko‘rish rejimiga o‘tadi: Ma’lumotlar o‘chirilmaydi, ularni ko‘rish va eksport qilish mumkin, yangi yozuv kiritib bo‘lmaydi. To‘lov qilingach, Tizim to‘liq ishlashga qaytadi.

4.5. Ijrochi Tariflar va narxlarni o‘zgartirishi mumkin. Yangi narx Mijozga kamida 10 kun oldin xabar berilgandan keyin keyingi Obuna davridan qo‘llanadi. Allaqachon to‘langan davr narxi o‘zgarmaydi.

5. Ijrochining majburiyatlari

5.1. Tizimning uzluksiz ishlashi uchun oqilona choralar ko‘rish. Rejali texnik ishlar haqida oldindan xabar berish va ularni iloji boricha tungi vaqtda o‘tkazish.

5.2. Ma’lumotlarning kunlik shifrlangan zaxira nusxasini olish (8-bo‘lim).

5.3. Tizimni yangilab borish: xatolarni tuzatish, xavfsizlikni kuchaytirish, yangi imkoniyatlar qo‘shish.

5.4. Yordam SINOVA CRM Telegram yordam guruhi (havolasi Mijozga Tizimni ulashda beriladi) va +998 91 428 48 38 telefoni orqali ko‘rsatiladi. Murojaatlarga odatda 1 ish kuni ichida javob beriladi.

5.5. Ma’lumotlarni 7-bo‘limda belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadda ishlatmaslik va uchinchi shaxslarga sotmaslik.

6. Mijozning majburiyatlari

6.1. Obuna haqini o‘z vaqtida to‘lash.

6.2. Foydalanuvchilarning login va parollarini maxfiy saqlash, ishdan ketgan xodimlarning hisobini o‘chirib qo‘yish. Mijoz hisobi orqali qilingan harakatlar uchun Mijoz javob beradi.

6.3. Tizimga kiritiladigan shaxsga doir ma’lumotlarni qonuniy asosda yig‘ish. Jumladan, o‘quvchilar (voyaga yetmaganlar uchun ota-onalar) va lidlardan ularni saqlash va xabar yuborish uchun kerakli roziliklarni olish. Ijrochi rozilik namunasini so‘rov bo‘yicha beradi.

6.4. Tizimdan noqonuniy maqsadda foydalanmaslik: ommaviy reklama xabarlari (spam), boshqalarning ma’lumotini ruxsatsiz yig‘ish, Tizim xavfsizligini buzishga urinish.

6.5. O‘zi ulagan tashqi xizmatlar uchun javob berish: markaz Telegram boti, reklama ariza formasidagi Meta Pixel va boshqalar.

7. Ma’lumotlar va shaxsga doir ma’lumotlar

7.1. Mijoz Ma’lumotlarning egasi va o‘z o‘quvchilari, ota-onalari, lidlari va xodimlarining shaxsga doir ma’lumotlari bo‘yicha operator hisoblanadi. Ijrochi bu ma’lumotlarga faqat Mijozning topshirig‘i bilan, Tizim xizmatini ko‘rsatish uchun ishlov beradi.

7.2. Ijrochi Ma’lumotlarni faqat quyidagi maqsadlarda ishlatadi:

Ijrochi Ma’lumotlarni sotmaydi, reklama uchun ishlatmaydi va Mijozning ruxsatisiz uchinchi shaxslarga bermaydi. Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

7.3. Ijrochi xodimlari Mijozning Tizimiga faqat Mijoz rahbari ruxsat bergandan keyin kiradi (yordam so‘ralganda): muddatli, faqat ko‘rish huquqi bilan. Har kirish Tizimning amallar jurnaliga yoziladi.

7.4. Ma’lumotlar qayerda saqlanadi:

7.5. Xavfsizlik:

7.6. Mijoz o‘z Ma’lumotlarini istalgan vaqtda Tizimdagi eksport imkoniyati orqali yuklab olishi mumkin.

7.7. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish tartibi Maxfiylik siyosatida batafsil yoritilgan.

8. Zaxira nusxalari

8.1. Ijrochi har kuni tunda Ma’lumotlarning shifrlangan zaxira nusxasini oladi va uni alohida bazaga tiklab tekshiradi.

8.2. Ma’lumotlar Tizim xatosi yoki nosozlik tufayli shikastlansa, Ijrochi ularni oxirgi zaxira nusxasidan tiklaydi. Mijoz Foydalanuvchilari o‘zlari o‘chirgan yoki o‘zgartirgan ma’lumotlar Mijoz so‘rovi bilan, iloji bo‘lsa, zaxiradan tiklanadi.

9. Javobgarlik

9.1. Ijrochi uchinchi tomonlar sababli bo‘lgan uzilishlar uchun javob bermaydi: internet provayderi, Cloudflare, Telegram, elektr ta’minoti va boshqalar. Shunday holatda Ijrochi Tizimni imkon qadar tez tiklash choralarini ko‘radi.

9.2. Ijrochining javobgarligi zarar yetkazilgan oy uchun Mijoz to‘lagan Obuna haqi miqdori bilan cheklanadi. Bilvosita zararlar (boy berilgan foyda, mijozlar oqimi va boshqalar) uchun Ijrochi javob bermaydi.

9.3. Mijoz 6-bo‘limdagi majburiyatlarni, jumladan shaxsga doir ma’lumotlar bo‘yicha roziliklarni olmaganligi uchun o‘zi javob beradi.

10. Fors-major

Tomonlar yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari natijasida majburiyatlarni bajara olmaganligi uchun javobgar emas: tabiiy ofatlar, urush, davlat organlarining qarorlari, umumiy elektr yoki internet uzilishlari va boshqalar. Bunday holatlar tugagach, majburiyatlar bajarilishi davom ettiriladi.

11. Muddat, to‘xtatish va Ma’lumotlarni qaytarish

11.1. Shartnoma aktsept paytidan boshlab kuchga kiradi va Obuna davom etguncha amal qiladi.

11.2. Mijoz Obunani istalgan vaqtda to‘xtatishi mumkin. To‘langan Obuna haqi qaytarilmaydi, Tizim to‘langan davr oxirigacha ishlashda davom etadi.

11.3. Mijoz 6.4-bandni qo‘pol buzsa, Ijrochi oldindan xabar berib, Tizimdan foydalanishni to‘xtatishi mumkin.

11.4. Shartnoma tugagach:

11.5. Ijrochi ofertani o‘zgartirishi mumkin. Yangi tahrir shu sahifada e’lon qilinadi va Mijozga Tizim orqali xabar berilgandan 10 kun keyin kuchga kiradi.

12. Nizolar

Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi. Kelishmovchiliklar avvalo muzokara yo‘li bilan hal qilinadi: Ijrochi murojaatga 10 ish kuni ichida javob beradi. Kelishuvga erishilmasa, nizo O‘zbekiston Respublikasining tegishli sudida ko‘rib chiqiladi.

13. Ijrochi rekvizitlari