Ishlar tartibli.
Boshqaruv aniq.
Ta’lim yoki savdo. Bitta filial yoki katta jamoa. Mijozlar, xodimlar va kundalik jarayonlarni SINOVA bilan bir joyda boshqaring.
Umumiy ko‘rinish
Har bir sohaga
o‘z ish maydoni.
Faqat sizga kerakli bo‘limlar.
Ortiqcha menyularsiz, aniq vazifalar bilan.
Har bir murojaatni sotuvga yaqinlashtiring.
Operatorning navbati, keyingi qo‘ng‘irog‘i va kelishuv bosqichi ko‘z oldida. Egasi esa jamoa ishini va sotuv natijalarini kuzatib boradi.
- Sichqoncha bilan boshqariladigan kanban
- Mahsulotlar, xizmatlar va operatorlar
- Qayta aloqa eslatmalari va sotuv hisoboti
Yangi1
Aloqada1
Kelishuv1
Kamroq tarqoqlik.
Ko‘proq nazorat.
Ishingizning muhim qismlari
bir-biri bilan bog‘langan.
Birinchi murojaatdan
keyingi qadamgacha.
Leadlar bosqichlar bo‘yicha ko‘rinadi. Kim mas’ul, oxirgi aloqa qachon bo‘lgan va keyin nima qilish kerak: barchasi kartada.
Har kimga o‘z vazifasi
Lavozimga mos bo‘limlar va filial ruxsatlari. Rahbar uchun umumiy ko‘rinish, xodim uchun aniq ish maydoni.
Filiallar bir nazoratda
Barcha filiallar holatini kuzating yoki birini tanlab, uning kundalik jarayonlarini ko‘ring.
Qaror uchun aniq ma’lumot
Ta’limda to‘lov va qarzdorlik, savdoda kelishuv va operator natijalari: yo‘nalishingizga mos hisobotlar.
Ma’lumotlar sizning nazoratingizda
Alohida mijoz bazasi, kirish huquqlari, ikki bosqichli kirish va shifrlangan zaxira vositalari.
Murojaatdan
keyingi qadamgacha.
SINOVAning ishlaydigan tizimidan yozib olingan namoyish. Barcha ma’lumotlar sinov uchun yaratilgan.
Namoyishda nimalar bor?
- Egasi sotuv bosqichlari va jamoa murojaatlarini ko‘radi.
- Lead kartasi boshqa bosqichga ko‘chiriladi.
- Kartochkada mas’ul va keyingi aloqa vaqti ko‘rinadi.
- Rahbar sotuv natijalarini hisobotda ko‘radi.
Ovozsiz video, o‘zbekcha subtitrlar mavjud. O‘z tashkilotingiz uchun demo so‘rang →
Bir xil narx emas.
Ishingizga mos yechim.
Narx yo‘nalish, filiallar, xodimlar
va kelishilgan imkoniyatlarga bog‘liq.
Taklif tarkibi
- Sohangiz uchun CRM ish maydoni
- Kelishilgan modullar va kirish huquqlari
- Xodim va filial limitlari aniq ko‘rsatiladi
- Obuna muddati va to‘lov sharti yozma kelishiladi
Ishni boshlash
- Jarayonlaringiz bilan tanishamiz
- Filial va rollarni moslaymiz
- Import uchun ma’lumotni tekshiramiz
- Jamoangiz bilan asosiy vazifalarni sinaymiz
Aloqa va yordam
+998 91 428 48 38 orqali boshlang. CRMdagi yordam bo‘limidan ham murojaat yuborish mumkin.
Yordam vaqti, javob muddati va o‘qitish hajmi individual taklifda belgilanadi.
Telefon/SMS provayderi xarajatlari va maxsus integratsiyalar alohida kelishiladi. Xizmatni boshlash shartlari →
Individual taklif olishSizning ish tartibingizga
moslab yo‘lga qo‘yamiz.
Tanishamiz
Sohangiz, jamoangiz va hozirgi jarayonlaringizni muhokama qilamiz.
Moslashtiramiz
Kerakli yo‘nalish, filiallar va xodimlar huquqlarini belgilaymiz.
Birga sinaymiz
Jamoangiz bilan kundalik vazifalarni bajarib, ish tartibini tekshiramiz.
Bilishni
istaganlaringiz.
Boshqa savolingiz bormi?
Gaplashib olamiz.
SINOVA faqat ta’lim sohasi uchunmi?
Yo‘q. O‘quv markazlari, maktablar va universitetlar uchun ta’lim rejimi, mahsulot yoki xizmat sotuvchi korxonalar uchun esa alohida savdo rejimi bor. Savdo jamoasi ta’limga tegishli menyularni ko‘rmaydi.
Bir nechta filialni boshqarish mumkinmi?
Ha. Rahbar o‘z filiallari bo‘yicha umumiy holatni kuzatadi yoki alohida filialni tanlaydi. Xodimlarga qaysi filiallar va vazifalar ochilishini belgilash mumkin.
Barcha xodimlar bir xil ma’lumotni ko‘radimi?
Har bir xodim alohida hisob va lavozimiga mos huquqlar bilan ishlaydi. Masalan, savdo operatoriga moliyaviy boshqaruv yoki boshqa filialning ma’lumotlari ochilmaydi. Ruxsatlar serverda ham tekshiriladi.
Excel fayllarimni ko‘chira olamanmi?
CSV va XLSX orqali import va eksport mavjud. Avval namuna fayl bilan ma’lumotlar tuzilishini moslashtirasiz, so‘ng qatorlar tekshiriladi. Sotuv tarixi va to‘liq bazani tiklash uchun alohida zaxira nusxasi ishlatiladi.
Narx qanday belgilanadi?
Taklif faoliyat yo‘nalishi, filiallar, xodimlar va kerakli imkoniyatlarga qarab kelishiladi. +998 91 428 48 38 raqami orqali ehtiyojingizni ayting, sizga mos variantni muhokama qilamiz.
Telefon va kompyuterda ishlaydimi?
Interfeys kompyuter, planshet va telefon ekranlariga moslashadi. Telefondagi kanbanda bosqichni tanlov orqali, kompyuterda esa kartani surish orqali o‘zgartirish mumkin.
Qo‘ng‘iroq va SMS avtomatik yuboriladimi?
Hozir aloqa natijalari va eslatmalar CRM ichida yuritiladi. Telefon tugmasi qurilmangizdagi terish dasturini ochadi. Avtomatik qo‘ng‘iroq yoki SMS uchun provayder bilan alohida integratsiya kerak.
Sizning ish tartibingiz.
Sizga mos SINOVA.
So‘rov qoldiring. Sohangizga mos demo va individual taklifni muhokama qilamiz.
Yoki qo‘ng‘iroq qiling+998 91 428 48 38Ish vaqti va yordam shartlari individual taklifda kelishiladi.
